"Arsenal" yangi hujumchi topdi

Sherzod Nurmatov
17 mar 2026
Belgiyaning "Bryugge" jamoasi hujumchisi Nikolo Tresoldi Londonning "Arsenal" klubi qiziqishi doirasiga tushdi.

21 yoshli futbolchi Belgiya chempionatining joriy mavsumida 29 o'yinda 12 ta gol urib, to'purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda. 

Britaniya OAV ma'lumotiga ko'ra, “kanonirlar” italiyalik ildizlarga ega nemis hujumchining o'yinini diqqat bilan kuzatmoqda.

Ma'lumki, ingliz grandi yozgi transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va "Bryugge" yulduzi asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.

Transfermarkt bahosiga ko'ra, Nikolo Tresoldining bozor qiymati 13 mln evroni tashkil qiladi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 47 o'yinda 16 ta gol urgan va 5 ta assist qayd etgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London