"Arsenal" PSJ yulduziga qiziqmoqda

Khoja
22 mar 2026
"Arsenal"ning bir necha vingeri Gabriel Martinelli, Leandro Trossard, Gabriel Jezus va Itan Nvaneri kelgusi yozda klubdan kyetishi mumkinligi haqida gap-so'zlar tarqaldi.

Shu sababli "Arsenal" yangi vinger jalb qilish haqida o'ylamoqda va jurnalist Fabricio Romano ma'lum qilishicha, londonliklar PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaga qiziqish bildirmoqda. Biroq Romano Xvicha Kvaratsxeliyaning "Arsenal"ga yozda o'tish extimoli juda past ekanligini ham ma'lum qildi. Sababi PSJ ham o'z yetakchilaridan birini hali sotish niyatida emasligini ma'lum qilgan.

25 yoshli futbolchining PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi. Futbolchi joriy mavsum 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 12 ta gol va 7 ta assist bor


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano