Arne Slot: "Bu mavsum murabbiylik faoliyatimdagi eng og'iri bo'lmoqda"

Administrator
10 fev 2026
Murabbiyning fikricha, bu yilgi mavsum o'ta og'ir kechmoqda.

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot joriy mavsumni o'zining murabbiylik faoliyatidagi eng qiyin mavsum deb baholadi.

"To'g'risini aytganda, bu mening faoliyatimdagi eng og'ir mavsum bo'ldi. Murabbiylik qilgan boshqa barcha mavsumlarim ancha ijobiy kechgan, hattoki ketma-ket ikki o'yinda mag'lub bo'lmagandim. Bu mavsum men va o'yinchilar uchun istisno holat, ular tez-tez yutqazish yoki durang o'ynashga ko'nikmagan. Men ham bunga odatlanmaganman.

Mag'lubiyatdan so'ng ularni yana o'yinga ruhlantirish, g'alabadan keyin esa ular o'ylaganchalik yaxshi emasligimizni tushuntirish doimo qiyinroq, shu bois bu mavsum men uchun ham murakkab kechdi.

G'alati tuyulsa-da, bundan ko'p ijobiy xulosalar chiqarish mumkin. Qanchalik rivojlanayotganimizni ko'rib turibman. Murabbiy sifatida men doimo natijalarga intilaman, lekin o'yinchilar va jamoaning takomillashuvi ham muhim, aks holda yanada ko'proq muammolarga duch kelamiz.

Nazarimda, hozir jarohatlanganlardan tashqari, barcha futbolchilar har uch kunda ushbu klub va APLda talab qilinadigan shiddat bilan o'ynay oladi. Natijada, biz mavsum boshiga nisbatan ancha yaxshiroq o'ynayapmiz. Men dastlabki olti o'yinni emas, balki ikki barobar ko'proq o'ynay boshlaganimiz davrini nazarda tutyapman. Dastlabki olti turda haftasiga faqat bir marta ikkita o'yin o'tkazdik, ikki hissa ko'p o'ynay boshlaganimizdan beri esa ko'p ochko yo'qota boshladik," dedi Slot.


AdministratorMuallif
Manba: BBC