Igor Tudor Arne Slot bilan adashtirib yuborgan murabbiyi haqida: "Endi uni Arne deb atayman"

Mirjalol Normatov
22 mar 2026
Igor Tudor o'z yordamchi murabbiyini "Liverpul" ustozi Arne Slot bilan adashtirib yuborgani haqidagi xabarlar borasida gapirdi.

"Nima, men har kuni 10 soatlab vaqtimni o'tkazadigan odamni tanimaymanmi? Biroz noto'g'ri o'ylabsizlar.

Chorshanba kuni biroz xazillashib, endi uni "Arne" deb chaqiraman, deb aytdim. U endi Allan emas, Arne!

20 yoshli o'g'lim Xorvatiyadagi hamma aynan ushbu xatom sababli kulishayotganini aytdi. Men esa: "Qanaqa xato?". U: "Nima, u yigitni tanimaysizmi?". Men aytdim: "U Allan Dikson. U bilan har kuni vaqtim o'tadi". Maydonga chiqar ekanman, yonimda u o'tirmay, kim o'tiradi? Bu bizning hududimiz edi", - dedi Tudor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC