Slot atrofidagi intriga: mashhur insayder "Liverpul"ning rejalarini oshkor qildi

Sherzod Nurmatov
27 mar 2026
"Liverpul" ushbu mavsum barqaror o'yin ko'rsatolmayotgani bois murabbiyni almashtirishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda, ammo bu amalga oshadiganga o'xshamaydi.

Devid Ornshteynning so'zlariga ko'ra, Mersisayd klubi 2026 yilning yozida murabbiyni o'zgartirishni rejalashtirmayapti. Ular Arne Slot bilan ishlashni davom ettirish va uning muvaffaqiyatini taminlash uchun uning atrofida jamoa tuzish niyatida.

"Maydonda va uning tashqarisidagi bir qator omillarni hisobga olsak, bu hayron qoldiradi. "Liverpul" unga ko'proq vaqt berishni xohlayotganidan hayratda emasman... U - jamoa rejasining muhim qismi", – dedi insayder.

Avvalroq "qizillar"ning hozirgi bosh murabbiyi tez orada ishdan bo'shatilishi mumkinligi, uning o'rniga 44 yoshli Xabi Alonso tayinlanishi haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic