APL grandlari Kloppga rasmiy taklif bilan chiqishgan

Khoja
17 fev 2026, 09:51
"Liverpul" sobiq murabbiyi Yurgen Kloppning agenti Mark Kositske nemis mutaxassisining murabbiylikka qaytishi haqidagi vaziyatga izoh berdi.

Klopp 2024 yil yozida "Liverpul"ni tark etgan va hozir "Red Bull" kompaniyasida futbol yo'nalishi bo'yicha global rahbar lavozimida ishlamoqda.  

"Red Bull"ga kelishidan oldin Yurgen AQSH yoki Angliya terma jamoalarini boshqarishi mumkin edi. Shuningdek, garchi Yurgen Angliyada "Liverpul"dan boshqa klubni boshqarmasligini aniq aytgan bo'lsa ham "Manchester Yunayted" va "Chelsi"dan rasmiy taklif keldi. Bunday takliflar APLdan to'xtamayapti. Biroq u o'z vadasida qolmoqchi", - deb fikr bildirdi Kloppning agenti.


KhojaMuallif
Manba: championat.com