Antoni Marsyal faoliyatini Meksikada davom ettiradi

Khoja
12 sen 2025
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Antoni Marsyal faoliyatini Meksika chempionatida davom ettirishga yaqin.

Huquq jihatdan AEK klubiga tegishli bo'lgan hujumchi "Monterrey" klubi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Fabricio Romano ma'lum qildi. Francuz bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va barchasi joyida bo'lsa, bir necha kun ichida transfer rasman e'lon qilinadi.

O'tgan mavsum Antoni AEK safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urgandi. Transfermarkt nashri hujumchini 7,5 million evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano