

"Opta Sport" taqdim etgan statistik ma'lumotlarga ko'ra, u APL doirasida kamida 5 ta o'yin o'tkazgan murabbiylar ichida eng yomon natijani qayd etdi.
Raqamlar so'zlaganda:
Frank boshchiligida "Tottenxem" APLda 26 ta o'yin o'tkazib, atigi 29 ochko jamg'ardi.
Bu o'rtacha hisobda har bir o'yinga 1,12 ochko demakdir. Bu klub tarixidagi eng past ko'rsatkich!
Jamoaning APLdagi g'alabasiz seriyasi 8 ta o'yinga etdi.
Paradoks: Yevropada boshqacha "Tottenxem" Qizig'i shundaki, ichki chempionatda 16-o'rinda borayotgan va jon saqlab qolish uchun kurashayotgan "shporlar" Chempionlar Ligasida mutlaqo boshqacha qiyofada namoyon bo'lishdi. Jamoa YCHLning umumiy bosqichida 8 o'yinda 17 ochko to'plab, 4-o'rinni egalladi va to'g'ridan-to'g'ri 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Biroq APLdagi ayanchli holat rahbariyatning sabr kosasini to'ldirdi. Endi jamoa ham Yevropada, ham ichki birinchilikda vaziyatni o'nglay oladigan yangi najotkorni qidirmoqda.
Sizningcha, Frankning muvaffaqiyatsizligiga nima sabab bo'ldi?



