Ansu Fati faoliyatini Premer-ligada davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
20 fev 2026
"Nottingem Forest" yozgi transfer oynasida hujum chizig'ini jiddiy kuchaytirishga qatiy bel bog'lagan va asosiy maqsad sifatida "Barselona" vingeri Ansu Fatini tanlagan.

Futbolchi bu mavsum ijara asosida "Monako"da o'ynamoqda.

"MailSport" ma'lumotlariga ko'ra, "Nottingem" Kataloniya klubiga 15 mln evro miqdorida rasmiy taklif tayyorlamoqda.

Jarohatlar va ijaralar bilan o'tgan bir necha mavsumdan keyin bir paytlar Ispaniyaning "La Masiya"sidagi eng porloq iqtidorlardan biri sanalgan futbolchining kelajagi hali ham noaniq. "O'rmonchilar" esa unga Premer-ligada faoliyatini qayta yo'lga qo'yish uchun imkoniyat bermoqchi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: MailSport