Alvaro Morata Italiyaga qaytadi

Administrator
25 iyun 2025, 20:37
Alvaro Morata "Komo"ga o'tishga rozilik bildirdi.

Klub 32 yoshli hujumchiga rasman shartnoma imzolash taklifini yo'lladi, deb xabar qilmoqda Fabricio Romano.

"Milan"dan ijara asosida "Galatasaroy" uchun o'ynayotgan futbolchi transferga rozi bo'ldi. U turk klubini tark etishni rejalashtirmoqda. Yaqin kunlarda milanliklar va "Galatasaroy" o'rtasida ijara shartnomasini bekor qilish bo'yicha muzokaralar o'tkazilishi kutilmoqda.

"Komo" "rossonerilar" bilan muzokaralar o'tkazish imkoniyatini kutmoqda.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano