Alfonso Devis "Bavariya" taklifiga ko'nmayapti

Mirjalol Normatov
17 yanv 2025
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devisning klubdagi kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

Myunxen klubi futbolchini jamoada saqlab qolishga harakat qilmoqda. Manbalar esa Devisni yozda erkin agent sifatida "Real"ga o'tishini va hatto "qirollik klubi"ga rozilik berib bo'lganini yozishyapti. Shuningdek, u "Manchester Siti" hamda "Liverpul" vaziyatni kuzatib bormoqda.

"Bild" ma'lumotiga ko'ra, "Bavariya" Devisga katta maosh taklifi bilan chiqqan, biroq bu Alfonsoga maqul kelmagan va yanada ko'proq so'ragan. Shu sababli tomonlar kelishuvdan ancha uzoq.

Ushbu mavsumda Alfonso barcha turnirlarda 23 o'yinda qatnashib, 1 gol va 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia