Aleksandr Xomyakov: "Raqib kimligini inobatga olib, himoyaga jiddiy e'tibor qaratdik"

Sherzod Nurmatov
19 may 2021, 21:43
Coca-Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Mashal" – AGMK uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.






- O'yin haqida

- Shubhasiz, g'alabadan xursandman. Futbolchilarga namoyish etilgan xarakter uchun rahmat aytaman. Ular qahramonlik ko'rsatishdi, ofarin! 

- Bugun tamomila boshqacha "Mashal"ni ko'rdik. Boshqa kuchliroq jamoalarga qarshi o'yinlarda ham g'alaba kutsak bo'ladimi?

- Shunga umid qilamiz. Har bir o'yinda gol o'tkazib yuborayotgandik, raqib kimligini inobatga olib, himoyaga jiddiy e'tibor qaratdik. Umuman olganda, rejamiz ish berdi.

- Eshbo'taev, Abduraimov va Akramovga nechchi baho qo'yasiz?

- Hozirni o'zida buni aytish menga qiyin. Lekin murabbiy sifatida ulardan yanada ko'prog'ini kutaman. Ishlash kerak, ishlash kerak va yana ishlash kerak.

- Sardor Abduraimovning almashtirilishi uning jismoniy holati bilan bog'liqmidi?

- U charchab qoldi va markazga yangi o'yinchini tushirishimiz zarur edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia