

O'yindan keyin Qirg'iziston termasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin quyidagi fikrlarni bildirdi:
- "Biz juda ajoyib uchrashuv o'tkazdik. Hisob yirik ko'rinish olgach biroz xotirjamlikka berildik va buning natijasida raqib vaziyat yaratishga harakat qildi. Umuman olganda butun uchrashuv nazoratimizda bo'ldi. Bizning jamoada yoshlar va kattalar degan tushuncha yo'q, bu yerda malakatning eng yaxshi futbolchilari to'plangan va hech kimni yoshiga qarab ajratmayman. Men eksperiment qilishni xohlamayman va kimni kuchli deb bilsam maydonga tushiraman".
Ma'lumot uchun, yana 10 kundan keyin Aleksandr Krestinin Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganiga 5 yil bo'ladi.



