“Al-Xilol” Kulibaliga yiliga 30 million evro to'lashga tayyor

Alisher
19 iyun 2023, 07:30
“Al-Xilol” “Chelsi” himoyachisi Kalidu Kulibali bilan shartnoma imzolashga tayyor.

 Saudiya jamoasi himoyachiga yiliga 30 million evrolik uch yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Yaqin orada “Al-Xilol” vakillari futbolchining agentlari bilan muzokaralarni boshlashadi. 

31 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda APL bahslarida 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com