"Al Qodisiya" Ruy Vitoriyani ishga taklif qilmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
15 okt 2024, 13:00
Saudiya Arabistonining "Al Qodisiya" klubi bosh murabbiy lavozimiga portugaliyalik Ruy Vitoriyani taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Klub vakillari 54 yoshli mutaxassis bilan muzokaralarga kirishib ulgurgan.

Eslatib o'tamiz, hozirda "Al Qodisiya"ni 61 yoshli ispan Michel boshqarmoqda. Pro-liganing 6 turidan keyin jamoa 10 ochko bilan 6-pog'onani band etib turibdi.

Vitoriya 2019–2020 yillar oralig'ida "Al Nassr"da ishlagan. 2021 yilning may - dekabr oylarida Moskvaning "Spartak" klubida, keyinroq 2022 yilning yozidan to 2024 yil fevral oyigacha Misr termasida ishlagan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tn.com.ar