“Al Ittixod” 30 million evrolik transferni amalga oshirdi

Alisher
4 iyul 2023, 08:22
Saudiya Arabistoni ushbu yozda to'xtash niyatida emas.

Portugaliyalik hujumchi Jota endi faoliyatini “Al Ittixod”da davom ettiradi. Saudiyaliklar hujumchi uchun “Seltik”ka 30 million evro to'lashdi. Jota yangi jamoasi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi. 

Ma'lumot uchun, Jota o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 15 ta gol va 13 ta assist bor.


AlisherMuallif
Manba: championat.com