"Al Hilol" yulduzi Qarshiga kelmaydimi?

Sherzod Nurmatov
26 sen 2025
"Al Hilol" vingeri Salim Al Dovsari kecha "Al Uhdud" bilan (3:1) uchrashuvdan keyin o'zini yomon his etgan.

Xabarlarga ko'ra, "Al Hilol" sardori yurishda qiynalgan va stadionni oqsoqlangan holda tark etgan. 

Ma'lumki, "Al Hilol" 29 sentyabr kuni Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ladi. Shu tariqa, Elit OCHL 2-turi doirasidagi bu uchrashuvda Al Dovsarining ishtirok etishi so'roq ostida.  

Shuningdek, ar-riyodliklarning legionerlari Joau Kanselu va Malkom qarshiliklar bilan uchrashuvni o'tkazib yuboradi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kooora