"Al Hilol" Benzemaning transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi

Alisher Ostonov
1 fev 2026
"Al Ittihod" hujumchisi Karim Benzema "Al Hilol"ga o'tishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Al Hilol" forvard transferi bo'yicha muzokaralarga kirishgan. "Al Ittihod" futbolchining shartnomasi yarim yildan keyin tugashiga qaramay, o'z futbolchisi uchun 25 mln evro talab qilmoqda.

Benzema "Al Hilol" bilan kamida 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzolashga umid qilmoqda. Biroq, uning ustuvor vazifasi Yevropaga, Fransiya chempionatiga qaytish.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/sachatavolieri