

Ispan grandi “Verder” vakili Karim Kulibaliga e'tibor qaratdi. Nemis klubi futbolchini qo'yib yuborish istagi bilan yonmayapti. Bremenliklar himoyachiga narx qo'yishdi. "Verder" 50 mln evroga ega bo'lmoqchi.
Karim Kulibali joriy mavsumda 22 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda himoyachi bitta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 22 mln evroga baholamoqda.



