Afrika Millatlar Kubogi. Musobaqaning eng yaxshilari aniqlandi

Khoja
19 yanv 2026
Marokash mezbonligida o'tkazilgan 2026 yilgi Afrika Millatlar Kubogi yakunlandi.

Senegal terma jamoasi turnir tarixida ikkinchi marta chempion bo'ldi. Taqdirlash marosimida FIFA tomonidan turnirning eng yaxshi futbolchilariga individual sovrinlar topshirildi.

Eng yaxshi darvozabon deb 34 yoshli marokashlik Yassin Bunu topildi. U turnirning barcha 7 o'yinida maydonga tushdi, 2 ta gol o'tkazib yubordi, 5 ta o'yinda quruq o'ynadi va bitta penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.  

Turnirning eng yaxshi futbolchisi deb Senegalning 33 yoshli vingeri Sadio Mane etirof etildi. U 7 o'yinda 2 gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Turnirning eng yaxshi to'purari esa Marokash hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias bo'ldi – 7 o'yinda 5 ta gol.

Bundan tashqari, FIFA tomonidan "Feyr-pley" sovrini Marokash terma jamoasiga berildi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com