"Adolat qaror topdi". Marokash afsonasi Afrika Kubogidagi mojaro haqida

Aslanov Jasurbek
19 mar 2026
Marokash terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Mustafo Haji Afrika Futbol Konfederatsiyasining (CAF) Afrika Kubogi-2026 finalidagi mojaroli qaroriga o'z munosabatini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, CAF final bahsi vaqtida Senegal futbolchilari maydonni tark etgani sababli ularga texnik mag'lubiyat yozib, chempionlikni Marokash terma jamoasiga topshirgan edi. Senegal hukumati esa buni korrupsiya deb atagan.

Sobiq futbolchi bu qarorni to'liq qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi:

"Adolat qaror topdi. O'ylaymanki, futbolda o'z qoidalari bor va agar hamma o'zi xohlagan ishni xohlagan vaqtida qilaversa... Qoidalar o'rnatildimi, ularga amal qilish shart. Menimcha, Marokash shunchaki futbol qoidalariga rioya qilmoqda".

Haji senegalliklarning qilmishini oqlab bo'lmasligini aytib o'tdi:

"Agar Senegal futbolchilari xavf ostida bo'lganida, ularning hayotiga tahdid solinganida, ularning maydondan chiqib kyetishini tushungan bo'lardim, ammo bu vaziyatda... Agar har safar hakamlar qarori bilan bahslashib, hamma narsani tahlil qilaversak va shunday yo'l tutsak, futbol o'ynash qiyin bo'lib qoladi", - dedi Haji.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport