Adrien Rabo "Milan"ga o'tmaydi, onasi uning "Marsel"da qolishini istamoqda

Mirjalol Normatov
29 avg 2025, 09:57
Adrien Raboning onasi o'g'lining "Milan"ga o'tishiga qarshilik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, kiyim almashtirish xonasida Jonatan Rou bilan bo'lgan munozaradan keyin "Marsel" yarim himoyachini transferga qo'ygandi. Uning kyetishidan klub 15 million evro ishlab olmoqchi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Milan" futbolchining qiziqishlarini himoya qiluvchi onasi Veronik Rabo bilan aloqaga chiqa olmagan va taklifini bermagan.

Bunga qadar "Milan" futbolchiga yiliga 5-6 million evro maosh va 2 mavsumlik shartnoma taklif qilgandi. Raboning onasi esa futbolchining "Milan"ga o'tishini istamayapti va "Marsel"da qolishiga ishonmoqda.

Rabo o'tgan mavsumda Fransiya chempionatining 29 o'yinida 9 gol va 4 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: GdS