

Uning fikricha, joriy mavsumda chempionlikni "Manchester Siti" qo'lga kiritadi.
"Men "Arsenal" va "Manchester Siti"ning navbatdagi o'yinlari taqvimini ko'rib chiqdim… O'ylaymanki, "Siti" chempion bo'ladi", – dedi Adebayor.
Eslatib o'tamiz, hozir APL jadvalida 61 ochko bilan "Arsenal" yetakchilik qilmoqda. "Manchester Siti"da 56 ochko bor va yana bir o'yin zaxirada. Yetakchilar uchligini "Aston Villa" (51 ochko) yakunlab turibdi.



