Abduqodir Husanovning transfer narxi nega oshmadi? Angliyalik ekspert javob berdi

Aslanov Jasurbek
9 mar 2026
Britaniyalik bozor qiymatlari bo'yicha taniqli ekspert Benjamin Littlmor Angliyaning "Manchester Siti" klubida to'p tepayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer bahosi va uning APLdagi holati haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Mavsumning birinchi yarmida juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan Husanov "Manchester Siti" himoya chizig'idagi jarohatlar inqirozi sababli muntazam maydonga tusha boshladi. Gvardiol va Diashning jarohati hamda Gexi jamoaga kelguniga qadar u qatorasiga beshta uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.

Biroq, Mark Gexining transferidan so'ng va Ruben Diash safga qaytgach, u yana o'zini zaxira o'rindig'ida ko'rdi. Abduqodirning o'yinida ijobiy tomonga o'zgarishlar yaqqol ko'zga tashlandi, ammo shu bilan birga, "Manchester Siti"dek klubda muntazam o'ynash uchun hali yanada ulg'ayishi va tajriba to'plashi kerakligini ko'rsatuvchi biroz beqarorlik ham kuzatildi. U o'z transfer qiymatini saqlab qolish uchun etarlicha harakat qildi, biroq narxining oshishi uchun bu kamlik qiladi".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Transfermarkt