39 yoshli Jeyms Milner APL tarixiga kirdi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2025
"Brayton" Angliya Premer-ligasining 3-turida "Manchester Siti" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Asosiy voqelik bahsning 67-daqiqasida sodir bo'ldi: 39 yoshli Jeyms Milner penaltini aniq amalga oshirdi, o'sha paytda u 39 yoshu 239 kunlik edi. Bu uni APLda penaltidan to'p kiritgan eng keksa futbolchiga aylantirdi. Shuningdek, u ligada gol urgan eng yoshi katta ikkinchi futbolchi bo'ldi. Milner faqat 40 yoshu 268 kunligida darvozani ishg'ol qilgan Teddi Sheringemdan ortda bormoqda.

Qiziqarli fakt: "Manchester Siti" darvozaboni Jeyms Trafford 2002 yil Milnerning Premer-ligadagi debyutidan 1 oy oldin tug'ilgan.

Bu yutuq APLdagi 24-mavsumida futbol tarixini yozishda davom etayotgan yarim himoyachining afsonaviy faoliyatidagi navbatdagi yorqin bosqich bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports