32 yoshli Kagava faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettiradi

Alisher
10 yanv 2022
"Manchester Yunayted" va Dortmundning "Borussiya" jamoasi sobiq yarim himoyachisi Sinzi Kagava "Sent-Tryuyden" o'yinchisiga aylandi.

Bu haqda Belgiya klubi sayti xabar bermoqda.

Kagava PAOK bilan shartnomani bekor qildi va "Sent-Tryuyden"ga erkin agent maqomida qo'shildi. 32 yoshli o'yinchi joriy mavsum grek jamoasi safida atigi 4ta o'yinda maydonga tushdi.

Qayd etish kerakki, Kagava "Sent-Tryuyden" tarkibida yaponiyalik ettinchi o'yinchi bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: stvv.com