

- Voqealar bunchalik tez rivojlanganidan hayratda emasmisiz? Xabi Alonso atigi 8 oy ishladi...
- Rostini aytsam, yo'q. Men Real qanday ishlashini yaxshi bilaman: agar natija bo'lmasa, ketasan. Shunchaki sodir bo'ldi. Bu achinarli, lekin Madrid dunyosi shunaqa. Hozirgi kunda katta klublarda murabbiy bo'lish juda qiyin.
- Xabi Alonso futbolchi sifatida shu kiyinish xonasida bo'lgan. Balki u murabbiy sifatida ishlash qanchalik qiyinligini past baholagandir?
- Bo'lishi mumkin. Xabi - ajoyib murabbiy. Bayerda sovrinlar yutdi, jamoani yuqori saviyada boshqardi. Ammo "Real"da sen murabbiy emas, ko'proq menejer bo'lishing kerak. Sen kiyinish xonasidagi yulduzlarning egosini (manmanligini) boshqara olishing lozim.
U erda taktika ustida ko'p ishlash shart emas, chunki ixtiyoringda o'yin taqdirini bir soniyada hal qila oladigan superyulduzlar bor. Shuning uchun ham, Xabi kuchli taktik bo'lishiga qaramay, bu "Madrid"da ish bermadi, - dedi Beyl.



