

Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, Zinchenko bo'yicha bitim to'liq kelishilgan va ukrainalik himoyachi iyun oyigacha ijara asosida Amstyerdam klubida faoliyatini davom ettiradi.
Bu Zinchenko avval o'ynagan "Nottingem Forest"ni tark etishini anglatadi. Kutilmoqdaki, u yaqin 24 soat ichida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Amstyerdamga yo'l oladi. Shundan so'ng transfer rasman rasmiylashtiriladi.
Xabar qilinishicha, amstyerdamliklar futbolchining maoshini to'liq o'z zimmasiga oladi.
Qayd etish joizki, Zinchenko joriy mavsum barcha musobaqalarda "Nottingem" safida bor-yo'g'i 10 o'yin o'tkazgan bo'lib, hali gol urmagan va golli uzatma ham bermagan.



