Ziko Jirkovni Messiga qiyosladi

14 apr 2020, 23:15
SSKAning sobiq bosh murabbiyi Ziko Moskva klubidagi faoliyatini yodga oldi.

"SSKAga kelgach, rahbariyatdan hech kimni sotmaslikni so'raganman va tez orada Superkubokni qo'lga kiritgandik. Chempion bo'lish uchun barcha futbolchilarni saqlab qolish kerak edi.

Afsuski, yozda ikki asosiy futbolchimiz jamoani tark etdi – Jirkov va Vagner Lav. Bu juda yomon edi. Ushbu juftlik SSKAning 80% gollarini yaratgandi. Jirkov ayniqsa muhim hisoblanardi. U biz uchun "Barselona"dagi Messi kabi edi.

Men Yuriyga hujumda erkinlik, kreativ g'oyalarini amalga oshirish imkonini berdim. Vagner deyarli barcha gollarini Jirkov yordamida urardi", – deydi braziliyalik mutaxassis. 

Eslatib o'tamiz, Ziko SSKAga qadar bir muddat (2008 yilning kuzida) Toshkentning "Bunyodkor" klubida ishlagan edi. Yuriy Jirkov esa 2009 yilning yozida "Chelsi"ga ko'chib o'tgan.


Manba: Championat.com