"Yuventus" Vanda Nara bilan muzokaralar olib bormoqda

Mirjalol Normatov
29 avg 2021
PSJ hujumchisi Mauro Ikardi A Seriyaga qaytishga yaqin.

"Yuventus" uni "Manchester Yunayted"ga o'tib ketgan Krishtianu Ronalduning o'rniga olib kelmoqchi. Turin klubi vakillari bu borada Vanda Nara bilan gaplashib ko'rgan. Muzokaralarning dastlabki bosqichi pozitiv kayfiyatda o'tgan.

Ikardi 2019 yili PSJga o'tgandi. Bunga qadar u 7 yil davomida A Seriyada harakat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal