"Yuventus" va "Fenerbahche" kelishuvga erishdi

Mirjalol Normatov
23 yanv 2026
"Yuventus" "Fenerbahche" hujumchisi Yussef En-Nesiri bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Klublar 28 yoshli futbolchining 5 million evro evaziga ijarasi bo'yicha kelishuvga erishdi. Shuningdek, bunda "Yuventus"da marokashlikni 19+3 million evro evaziga sotib olish imkoniyati ham bo'ladi.

Endi barchasi futbolchining o'ziga bog'liq bo'lib turibdi.

Turkiya chempionatining ushbu mavsumida En-Nesiri 15 o'yinda 7 gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/yagosabuncuoglu