"Yuventus" "Manchester Siti" yulduzini nishonga oldi

Alisher Ostonov
13 fev 2026
"Yuventus" maydon o'rta chizig'ini kuchaytirish bo'yicha rejalarni ishlab chiqmoqda.

Turin grandi Bernardu Silvani nishonga olgan. Portugaliyalik yozda erkin agentga aylanishi mumkin - uning "Manchester Siti" bilan shartnomasi iyun oxirigacha mo'ljallangan.

Portugaliyalik yarim himoyachi "Manchester Siti" safida 2017/2018 yilgi mavsumdan buyon o'ynab kelmoqda. "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola juma kungi matbuot anjumanida Bernardu Silvaning kelajagi haqida ma'lumotga ega emasligini aytdi. Bernardu Silva yozda 32 yoshni qarshilaydi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Transfer News Live