Xvicha Kvaratsxeliya: "Menga Ronalduning o'yini yoqadi, lekin Messi boshqa sayyoradan"

Administrator
17 iyun 2025, 22:48
Xvicha Kvaratsxeliya Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

"Ronaldu yoki Leo? Menga Ronalduning o'yini yoqadi, ammo Messi boshqa sayyoradan," - dedi "PSJ"ning gruziyalik futbolchisi Faze Jason strimida.

Xvicha o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan va 11ta golga hammualliflik qilgan.


AdministratorMuallif
Manba: sports.ru