Xummels va Gorecka Evro-2024 qaydnomasiga kiritilmaydi

Omonjon To`xtamirzayev
14 may 2024
"Borussiya" himoyachisi Mats Xummels va "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Gorecka Germaniya terma jamoasining Evro-2024 uchun tarkibiga kiritilmaydi.

Ma'lum bo'lishicha, milliy terma ustozi Yulian Nagelsmann "Bavariya" kiperi Manuel Noyer va himoyachisi Aleksandr Pavlovichga taklif yuborgan. Shuningdek, termaga yarim himoyachi Kay Xaverc ("Arsenal") va Kris Fyurux ("Shtutgart") hamda himoyachi Robin Kox ("Ayntraxt") jalb etiladi.

Biroq YCHL yarim finalchisi Leon Gorecka va "Borussiya" bilan finalga chiqqan Mats Xummelsga ro'yxatdan joy topilmadi.

Germaniyaning Evro-2024 uchun qaydnomasining yakuniy varianti yaqin kunlarda e'lon qilinadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: x.com