Xummels "Roma"dan ketadi?

Alisher
27 okt 2024
"Roma"ning germaniyalik himoyachisi Mats Xummels qishki transfer oynasida klubini o'zgartirish imkoniyatini ko'rib chiqadi.

Futbolchi o'yin amaliyotidan norozi. Nemis rimliklar safiga o'tganidan beri birorta o'yinda maydonga tushirilmadi.

Mats Xummels ushbu yilning sentyabrida "Roma" bilan mehnat shartnomasini tuzdi. Poytaxt klubi 8 turdan so'ng A Seriyada 10-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it