Xummels Ranerini maqtadi

Alisher Ostonov
27 apr 2025
Mats Xummels Klaudio Ranerining "Roma"ga ijobiy ta’sirini qayd etdi.

"Klaudio o'zi bilan doimiy obro'sini olib keldi, u xotirjam va yaxshi inson, lekin kerak bo'lganda qattiqqo'l. U o'z o'yinchilaridan nimani xohlashini va tarkib bo'yicha qarorlarini yaxshi biladi.

U men bilan ham o'zini shunday tutardi, lekin menda hech qachon bu borada muammo bo'lmagan. Men uni har doim hurmat qilaman, chunki u jamoa g'alaba qozonishi uchun hamma narsani qilayotganini bilaman. U jamoadan ko'p narsa kutadi, ammo uning juda yaxshi ishlaydigan professional shtabi ham bor. Murabbiy va futbolchilar o'rtasidagi kombinaciya juda yaxshi ishlaydi, deb o'ylayman", - dedi "Roma" himoyachisi.

Ayni vaqtda rimliklar A Seriyada ketma-ket 17ta o'yinda mag'lubiyatga uchramay, 7-o'rinda bormoqda. Bugun ular turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Inter" mehmoni bo'lishadi.

Eslatib o'tamiz, Xummels mavsum yakunida faoliyatini yakunlashini ma'lum qilgandi. Shuningdek, Ranerining ham yozda klubdan kyetishi aniq.


Alisher OstonovMuallif
Manba: calciomercato.com