

Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Domagoy Vida terma jamoadagi faoliyatini tugatdi, deb xabar bermoqda Xorvatiya futbol ittifoqi matbuot xizmati.

Vida terma jamoadagi debyutini 2010 yilda o'tkazgan va 105 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Shuningdek, Domagoy Vida Xorvatiya termasi bilan JCH-2018 finali va JCH-2022 yarim finaliga qadar yetib borgan.



