

Mamlakat futbol assotsiatsiyasi termaning sobiq futbolchisi Shyunsuke Nakamuraning milliy jamoa murabbiylar shtabida ish boshlaganini ma'lum qildi.
Buni mamlakatda kutilmagan holat sifatida qabul qilishdi.
Nakamura milliy termaning afsonaviy futbolchilaridan hisoblanadi. U terma tarkibida 98 o'yinda qatnashib, 24 gol urgan. 2022 yilda butsalarini mixga ilgan va 2023 yildan buyon "Yokogama"da bosh murabbiy sifatida ishlagan. Ushbu mavsumda u mamlakatning U19 termasini boshqarib kelayotgandi.
U murabbiylar shtabida Xajime Moriyasuga yordam beradi. Shuningdek, Xiroshi Nanami, Toshixide Sayto, Ryoichi Maeda va Makoto Xasebe kabi sobiq futbolchilar ham bor.



