Xonda g'aroyib ko'rsatkich qayd etdi

“Botafogo” yarim himoyachisi Keysuke Xonda klublardagi faoliyati mobaynida 100-golini kiritdi.

U  “Bangu” jamoasiga (1:1) qarshi bellashuvda raqib darvozasiga gol urdi.

A Bola nashrining xabariga ko'ra, 33 yoshli yaponiyali futbolchi g'aroyib ko'rsatkichga erishdi.  U er yuzidagi oltita qitaning deyarli barchasida (Antarktidadan tashqari) to'p tepib, gol urishning uddasidan chiqqan ilk futbolchiga aylandi.

Xonda o'z faoliyatida davomida eng ko'p golni SSKA tarkibida kiritgan (28). 26 ta golni u Niderlandiyaning “VVV-Venlo” klubi safida urgan. Qolgan gollar quyidagi jamoalarda kiritilgan: “Nagoya Grampus” (13), “Pachuka” (13), “Milan” (11), “Melburn Viktori” (8) va “Botafogo” (1). Yaponiya terma jamoasi safida u 98 ta uchrashuvda maydonga tushib, 37 ta gol urishning uddasidan chiqqan.


Manba: A Bola