Xolid Al Danhani: "Bor e'tiborimiz O'zbekiston bilan o'yinga qaratilgan"

Оқил Абдубарноев
31 may 2025, 20:00
Birlashgan Arab Amirliklari himoyachisi Xolid Al Danhani jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Osiyo Chempionlar ligasi-2 sovrini og'ir mavsumdan so'ng bizga kuchli turtki berdi. Kosminning "Sharja"dagi so'nggi muvaffaqiyati, undan oldin esa bir nechta klub bilan erishgan yutuqlari tufayli uning qo'l ostida to'p tepishdan mamnunmiz. U tajribali murabbiy. 

Hozirgi kunda bor e'tiborimiz O'zbekiston bilan o'yinga qaratilgan. G'alaba qozonib, uch ochko qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi futbolchilarga kuch bag'ishlaydi", dedi 28 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, BAA – O'zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni bo'lib o'tadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia