Xoland yangi soch turmagini namoyish etdi

Оқил Абдубарноев
28 dek 2022
Erling Xoland mayda qilib o'rilgan yangi soch turmagining fotosuratini namoyish etdi.

"Manchester Siti" hujumchisi mashg'ulotlarda olingan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi, unda uning sochlari mayda qilib o'rilganini ko'rish mumkin.

"Viking rejimi faollashtirildi", deya hujumchi fotosurat ostida izoh qoldirgan.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" bugun APLning 17-turi doirasida "Lids"ga qarshi maydonga tushadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/ErlingHaaland