

22 yoshli forvard "Bavariya"ga qarshi o'yinlarda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Holand yaqinda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga qo'lida shishadagi suyuqlik ushlab turgan suratini joyladi va shunday izoh qoldirdi: "Men va mening sehrli damlamam".

Erling ko'pincha sut, karam va ismaloqli mahsulotlarni istemol qiladi. Qayd etilishicha, norvegiyalik yulduz etarli energiyaga ega bo'lish uchun hayvonlarning yurak va jigar qismi bilan oziqlanadi.



