Xenderson APLga qaytishi mumkin

Alisher
6 okt 2024
"Ayaks" yarim himoyachisi Jordan Xenderson Angliyaga qaytishi mumkin.

Yarim himoyachi Premer-liga klublari orasida talabga ega bo'lmoqda. Shuningdek Chempionshipning bosh jamoalaridan ijara takliflari bor.


Eslatib o'tamiz, "Liverpul" sobiq futbolchisi shu yilning yanvarida Niderlandiyaga keldi. Jordanning mehnat kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


U joriy mavsum Niderlandiya chempionati doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun