Xabi Alonso: "Vinisiusda tabassum ko'ryapman"

Mirjalol Normatov
3 yanv 2026
"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchi Vinisius Junior bilan holat haqida gapirdi.

"Unda tabassum ko'ryapman. Kichik yangilanish barchaning foydasiga xizmat qildi. Endi uning xohishi, istaklari orqali boshqalarni ham quvvatlash kerak. Agarda barchasi yaxshi bo'lsa, ishlar yaxshi ketadi", - dedi Alonso.

"Real" navbatdagi uchrashuvini ertaga o'tkazadi. Raqib "Betis" jamoasi bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca