

"Andijon" jamoasi "Neftchi"ning chernogoriyalik legioneri Vladimir Yovovichga qiziqish bildirmoqda. Agarda tomonlar kelishuvga erishsa, futbolchi yangi mavsumni "burgutlar" safida boshlaydi.
Yovovich o'tgan mavsum Superligada 19 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol, 2 ta assist qayd etdi. Uning "Neftchi" bilan shartnomasi 2026 yil 31 dekabr kuni yakuniga etadi.



