Vladimir Kozak "Dinamo"da

Mirjalol Normatov
24 dek 2023, 13:28
Mavsumlar oralig'ida Vladimir Kozak "Dinamo" yig'inlarida ko'rinish berdi.

Bugun "Dinamo" Toshkent viloyatida "Lokomotiv" yoshlariga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida asosiy tarkib, ikkinchi bo'limda esa asosiy hamda yoshlar jamoasi aralash tarkibi harakat qildi. Ikkinchi taymda Vladimir Kozak "Dinamo" tarkibida maydonga tushdi.

Uchrashuvda "Dinamo" 4:0 hisobida g'alabaga erishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia