Vitaliy Levchenko: "Safarda muhim g'alabani qo'lga kiritdik"

Mirjalol Normatov
30 sen 2025, 23:27
Superliga 23-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan so'ng "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Juda qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Ikkala jamoa ham yaxshi tayyorgarlik ko'ribdi, kurash ko'p bo'ldi. Men o'yindan oldin futbolchilarga qaysi jamoa kurashlarda g'olib chiqsa shu yutadi deb aytgandim. Menimcha, ustunlik biz tomonda bo'ldi va shu bois safarda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Bugun g'alabaga bo'lgan ishtiyoq ham bizda yuqori edi. Qo'lga kiritilgan uch ochko bilan butun jamoamizni tabriklayman. Oldinga harakat qilishda davom etamiz.

- Maydon holati haqida fikringiz?

- Maydon juda og'ir ekan. Kecha o'yinoldi mashg'ulotda futbolchimiz jarohat oldi. Chetdan qaraganda yaxshi ko'rinadi, rangi ham yashil, lekin to'p tepsa og'ir. Bunday maydonda o'yinchilarning jarohat olish imkoniyati ortadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia