

O'yin tanaffusida braziliyalik futbolchi kiyinish xonasiga yo'l olayotganda, tribuna osti yo'lakchasida o'z etirozlarini bildirgan. "Ikkala jamoaga bir xil qarashning iloji bormi?" - deya xitob qilgan Vinisiusning so'zlari DAZN kameralariga muhrlanib qolgan.
Eslatib o'tamiz, ushbu bahsni ingliz hakami Maykl Oliver boshqarib bordi. Uchrashuv davomida bir nechta bahsli vaziyatlar, jumladan, "Bavariya"ning hisobga olingan goli va Djonatan Taning Mbappega ishlatgan foli muxlislar va mutaxassislar o'rtasida qizg'in muhokamalarga sabab bo'ldi.
"Real" o'z maydonida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, 15 aprel kuni Myunxenda bo'lib o'tadigan javob bahsida vaziyatni o'nglashga harakat qiladi.



