Veynaldum nima sababdan "Roma"ga o'tganini aytdi

Mirjalol Normatov
9 avg 2022
"Roma"ning yangi futbolchisi Jorjino Veynaldum Rim klubiga o'tgani sababini aytdi.

"Klub men orqali jamoasini kuchaytirishini aytdi, shu sababli bu erga keldim. Klub bilan shartnoma imzolashdan oldin Muhammad Saloh hamda Kevin Strootman bilan maslahatlashdim. Ular ushbu klub va Rim bilan bog'liq ajoyib xotiralari qolganini aytishdi. Shuningdek, Ashraf Hakimi bilan ham gaplashdim. U bunga qadar "Inter"da o'ynagan va "Roma"ning ajoyib klub ekanligini biladi. Bu esa mening intilishlarimni yanada kuchaytirib yubordi.

"Liverpul"da o'ynab yurganimda "Roma"ga qarshi maydonga tushganman, o'shanda stadion atmosferasi ajoyib bo'lgandi. "Roma"da o'ylashimni o'ylab, fantastik muxlislarni ham tasavvur qildim. Shuningdek, Tyagu Pintu ham menga katta dalda berdi. Bu yerdagilar meni o'z jamoasida ko'rishni istayotganini va qadrlashlarini tushundim", - dedi futbolchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RomaPress