"Vest Xem"ning e'tibori Gabigolga qaratilgan

23 dek 2019, 23:47
Braziliyalik futbolchi yanvarda APLga ko'chib o'tishi mumkin.

O'tgan mavsumni "Flamengo" klubi safida o'tkazgan Gabriel Barboza (Gabigol) Angliyaga yo'l olishi kutilmoqda. Transfer huquqi "Inter"ga tegishli bo'lgan 23 yoshli futbolchiga "Vest Xem" klubi davogarlik qilmoqda. 

Ma'lumotlarga ko'ra, "Flamengo" ham Barbozaga 4 yilga mo'ljallangan shartnoma (5 million evro yillik maosh bilan) taklif qilgan. Eslatib o'tamiz, hujumchi Braziliya chempionatining yakunlangan mavsumida 29 uchrashuvda maydonga tushib, 25 gol va 8 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.


Manba: Goal.com